It kosasida bolani cho‘miltirish
Assalomu alaykum! Go‘zal oilam bor ikki farzandning otasiman. Kichik farzandim Muhammad Ali xali 44 kunlik chaqaloq juda ko‘p yig‘laydi. Ovuntirish ilojsiz xolatlar xam bo‘ladi. Ayolimning opasini farzandi xam shunaqa qattiq yig‘larkan juda ko‘p shifoxonalarga olib boribdi. Kimdur Samarqandda jin mulla bor deb tafsiya qilibdi. Olib borishsa bolang nazarlangan itni kosasida cho‘miltir debdi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U jin mulla noto‘g‘ri ish qilar ekan. Har kuni ertayu kech quyidagi duoni o‘qinglar. Va ko‘p Oyatul Kursiyni o‘qinglar.عَنْ أَبَانَ بْنِ عُثْمَانَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ قَالَ بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ، ثَلَاثَ مَرَّاتٍ لَمْ تُصِبْهُ فَجْأَةُ بَلَاءٍ حَتَّى يُمْسِيَ، قَالَ: فَأَصَابَ أَبَانَ الفَالِجُ، فَجَعَلَ الرَّجُلُ الَّذِي سَمِعَ عَنْهُ الْحَدِيْثَ يَنْظُرُ إِلَيْهِ، فَقَالَ لَهُ: مَا لَكَ تَنْظُرُ إِلَيَّ! فَوَاللهِ مَا كَذَبْتُ عَلَى عُثْمَانَ، وَلَا كَذَبَ عُثْمَانُ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَلَكِنِ الْيَوْمُ الَّذِي أَصَابَنِي فِيْهِ مَا أَصَابَنِي غَضِبْتُ فَنَسِيْتُ أَنْ أَقُولَهَا. رَوَى هَذِهِ السِّتَّةَ أَصْحَابُ السُّنَنِ Abon ibn Usmondan, u otasi roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis-samaai va huvas-samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kech kirguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi», deganlarini eshitdim».
Abonga falaj etdi. Undan yuqoridagi hadisni eshitgan kishi unga qaray boshladi. Shunda Abon unga:
«Nimaga menga (bunday) qarayapsan?! Allohga qasamki, men Usmonga yolg‘onni nisbat berganim yo‘q. Usmon ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yolg‘onni nisbat bergani yo‘q. Ammo menga musibat etgan kuni g‘azablanib, uni aytishni unutibman», dedi».
Ushbu oltitani «Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifning roviysi va qahramoni Abon ibn Usmon roziyallohu anhu uchinchi xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning o‘g‘illaridir. U kishi otalari – buyuk sahobiy Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis-samaai va huvas samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kech kirguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi» degan hadislarini eshitib, keyin o‘zlari odamlarga rivoyat qilib yurar ekanlar. Ittifoqo, bir kuni u kishi falaj xastaligiga chalinibdilar.
Bemor yotgan Abon ibn Usmon roziyallohu anhuni ko‘rgani odamlar kela boshlabdilar. Shunda u kishidan biz o‘rganayotgan ushbu hadisi sharifni rivoyat qilgan kishi ham kelib qolibdi. U kishi Abon ibn Usmon roziyallohu anhuga ajablanib qaray boshlabdi.
Uning qarashida «O‘zing shunday hadisi sharifni rivoyat qilib turib, qanday qilib bu baloga yo‘liqding? Hadisi sharifga o‘zing amal qilmasmiding?» degan savol bor edi. Buni sezgan Abon ibn Usmon roziyallohu anhu haligi odamga:

Demak, kim ixlos bilan ushbu hadisi sharifda kelgan duoni o‘qib yursa, unda berilgan va’dadan bahramand bo‘lar ekan. Bunga e’tiqod va amal qilishga odatlanmog‘imiz kerak.
Duoning ma’nosi quyidagicha: «Ismi birga bo‘lganda hech narsa zarar qilmaydigan Allohning nomi ila. U Zot o‘ta eshituvchi va o‘ta ko‘ruvchidir». (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 08:03 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar