Pulni olish joizmi
Assalomu alaykum! 1. Bizning restoranimiz bor odamlar to‘y va xar xil o‘tirishlar qilishadi va biz ulardan joyni zanyat qilib turgani uchun oldindan zalog uchun malum miqdorda pul olamiz. Bazi vaqtlarda biron sabab bilan to‘y qoldiriladi va o‘sha berilgan pulni biz o‘zimizda olib qolamiz, zararni qoplash uchun. Shu pulni olib qolsak bo‘ladimi? 2. Meni burunimda kasalligim bor suyagi sal noto‘g‘ri o‘sgan bazi vaqtlarda burunimni bir tarafi to‘lib qoladi shunda taxorat yo g‘usl qilguncha umuman suv kirmaydi ichigacha shunday xolatda faqat bir tarafiga suv etkazsam tahoratim mukammal bo‘ladimi? 3. Yoddan Qur’on tilovat qilsa taxorat shartmas ekan, ammo kiyimga najosat tekgan bo‘lsa zarari yo‘qmi tilovatga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Olib qolsangiz bo‘lmaydi. Chunki siz xizmat qilmay haq olgan bo‘lasiz. Siz aytgan zararning etishi esa aniq emas.2). Bo‘ladi.3). Zarari yo‘q, lekin tezroq najosatni yuvib tashlash kerak. Qur’on har qancha ehtirom qilsa arziydigan kitob. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 15:18 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom