kibr va g‘ururning asosiy farqi

Assalamu aleykum hurmatli Shayx Hazratlari, Alloh taolo sizning islomga qilayotgan xizmatlarizdan rozi bo‘lsin va ne‘matlantirsin. savollarim boridi1. kibr va g‘ururning farqini tushuntirib bersangiz, biroz qiynalayotgan edim. musulmon kishi qay hollarda g‘ururlanishi mumkin, agar mumkin bo‘lsa? 2.shukr qilish qanday bo‘ladi? chunki ba‘zida biror narsaga kirishib ketib yaxshi natijalarga erishyapganda shukr qilishni o‘ylab, harakatdan to‘xtab qolish holatlari bo‘lgan o‘zimda.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
ShUKRNING HAQIYQATIAlbatta, shukr soliklar maqomotidan biridir. U ham boshqa maqomotlar kabi ilm, hol va amal ila yuzaga keladi. Ushbu narsalarni yaxshilab o‘rganib chiqilsa shukrning haqiyqatini anglab olish mumkin bo‘ladi. Zotan, boshqa barcha gaplar bu ma’noni ihota qilishga etishmaydi.Ilm.Bu asos bo‘lib, undan hol paydo bo‘ladi. Ilm uch narsani - ne’matning o‘zini, uning ne’mat ekanini va ne’mat beruvchining zotini, ne’mat berish uchun zarur bo‘lgan sifatlarini amda o‘sha Zotdan unga ne’mat sodir bo‘lishini bilishdan iboratdir.Demak, ne’ma,t ne’mat beruvchidan qasd va iroda ila berilishi kerak. Ushbu ishlarning barchasini bilish lozim. Barcha ne’matlar Alloh taoloning O‘zidan ekanini, faqat Uning O‘zigina ne’mat beruvchi ekanini va vositachilar Uning tomonidan beminnat xizmatkor qilinganini bilish lozim.Xuddi shu ma’rifatdan tavhid va taqdis kelib chiqadi. Iymon ma’rifatlari ichida taqdis birinchi o‘rinda turadi. Qachon muqqadas Zotni tanisa va o‘sha zotdan boshqa birorta maqaddas Zot yo‘qligini bilib etsa, tavhid bo‘ladi.So‘ngra dunyodagi barcha narsalar mazkur yagona Zotdan vujudga kelganini, barcha narsalar uning ne’mati ekanini biladi. Bu ma’rifat taqdis va tavhiddan keyingi o‘rindagi ma’rifat bo‘ladi.Demak, barcha narsa Alloh taolodan ekaniga ma’rifat hosil qilmaguningcha shukr qila olmaysan. Agar bu borada ozgina shubhang bo‘lsa ham, na ne’matni, na ne’mat beruvchini tanigan bo‘lasan. Ma’rifating noqis bo‘lishi ila holing noqis bo‘ladi. Holning noqisligi amalning noqisligiga olib boradi.Hol Ne’mat beruvchining in’omidan hosil bo‘lgan xuzu’ hamda tavozu’ aralash quvonchga hol deyiladi. Bu narsa quvonch shukr bo‘lishi uchun asosiy shartdir. Quvonch ne’mat yoki in’omdan emas, balki ne’mat beruvchidan bo‘lishi kerak.AmalNe’mat beruvchiga mahbub bo‘lgan narsani qilish amal deyiladi. Amalni ne’mat beruvchining ma’rifatidan hosil bo‘lgan quvonch ila qilinadi. Bu boradagi amal dil, til va a’zolarga bog‘liq bo‘ladi.Dil bilan shukr qilish barcha xalqqa yaxshilikni qasd qilish bilan bo‘ladi.Til bilan shukr qilish Alloh taologa hamdu sano so‘zlarini izhor qilish bilan bo‘ladi.A’zolar bilan shukr qilish Alloh taoloning ne’matlarini U zotning toati uchun ishlatish va ma’siyatiga ishlatmaslik bilan bo‘ladi.Ne’matlarning taqsimi:Alloh taoloning bandalariga beradigan ne’matlari sanoqsiz ekani hech kimga sir emas. U zotning O‘zi «Ibrohim» surasida: «Agar Allohning ne’matini sanasangiz, adog‘iga eta olmaysiz», degan (34-oyat).Ulamolar ne’matlarni uch asosiy qismga taqsimlaganlar:1. Dunyoviy, sog‘lik, ofiyat va halol mol kabilar.2. Diniy, iymon, islom, Alloh taoloning ma’rifati, taqvo, ilm va amal kabilar.3. Uxroviy, oz amalga ko‘p savob berilishi kabi.Shokirlarning darajalari:1. Ovomlarning darajasi. Ular faqat Allohning ne’matlariga shukr qiladilar.2. Xoslarning darajasi. Ular ne’matlarga va kulfatlarga shukr qiladilar.Imom Termiziy Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar alayhissalom: «Alloh taolo, ey o‘lim farishtasi, sen bandamning farzandini, ko‘zining qorachig‘ini, qalbining samarasining jonini oldingmi, deydi. Farishta, ha, deydi. Alloh, u nima dedi, deb so‘raydi. Farishta, senga hamd va istirjo’ aytdi, deydi. Shunda Alloh taolo, jannatda unga bir uy bino qilinglar va «Hamd uyi», deb nomlanglar, deydi», deganlar.Imom Hokim keltirgan rivoyatda aytiladi:«Jannatga birinchi chaqiriladiganlar, Alloh azza va jallaga engillik va og‘irlikda hamda aytadiganlardir».3. Xoslarning xoslarining darajasi. Ular faqat Allohning O‘ziga shukr qiladilar. Ne’matni ham, kulfatni ham ko‘rmaydilar.

27 May 2022, 05:56 | Savol-javoblar | 225 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar