Mahzunlik
Assalomu alaykum! Qilyotgan ishlaringizda Alloh kuch quvvat bersin. Savolim "Mahzunlik" haqida. Agar inson doimo xursand bo‘lib yuraversa Alloh bilan o‘rtadagi bog‘liqlik susayishi mumkin. Lekin maxzun bo‘lgan holida qancha ko‘p bo‘lsa, shunda Allohga ko‘proq yaqin bo‘lib, Undan o‘zga suyanchiq yo‘qligini anglaydi. Shu narsani ba’zi birovlarga aytsam Qur’ondagi "La tahzan..." oyati orqali mening fikrimni rad etishyapti. "Sen hali yoshsan, nima yaxshi nima yomonligini bilmaysan" kabi gaplar ham eshitiladi. Qimmatli vaqtingizni ayamaganingiz uchun rahmat. Parvardigor ilmimizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Agar inson doimo xursand bo‘lib yuraversa Alloh bilan o‘rtadagi bog‘liqlik susayishi mumkin” degan gapni qaerdan topdingiz? Tabassum qilib yurish ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan bo‘ladi, Allohning yaxshi yomon qadariga taslim bo‘lib xotirjam bo‘lish iymon ruknlaridan. Siz aytayotgan holat haqida va uning turlari haqida tasavvuf kitoblarida batafsil ma’lumot topasiz Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 170 | Aqiyda