Yolg‘on yaxshilik

Assalomu alaykum! Men chet elda ishlayman, bu erda 3 ta ishchim bo‘lib, biz har kuni kechqurun xo‘jaynimizga qilingan ishlarni yozib jo‘natamiz. Ba’zida ishchilarim kam ishlagan kunlari o‘zim qilgan ishlarni ham ular qildi deb aytaman. Maqsadim ularni xo‘jaynim yomon ko‘rib qolishidan va tanbeh berishidan asrash. Ushbu ishim shariatimizda joizmi? Yoki yolg‘on gapirganim uchun jazo bormi? Xo‘jaynimiz musulmon odam, ishchilar yaxshi ishlamaganini bilsa ishdan xaydab yuborishi mumkin. Javob uchun rahmat. Alloh barchamizni O‘zi sevgan bandalari safidan qilsin. Amiyn.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo ular shunga loyiq bo‘lishlari kerak.
أم كلثوم بنت عقبة أخبرته أنها سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول ليس الكذاب الذي يصلح بين الناس فينمي خيرا أو يقول خيرا
 Ummu binti Uqba roziyallohu anho xabar berib aytadi : U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “Odamlarning o‘rtasini isloh qilib, yaxshilikni chaqib boruvchi yoki yaxshilikni aytuvchi kazzob hisoblanmaydi” deyayotganini eshitdim. Buxoriy rivoyati. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:27 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar