Raxbarni o‘zini tutishi
Assalomu alaykum! Bir boy odamni qo‘lida ishlayman, yani o‘sha insonni tsexida ishlab chiqarilgan narsalarini eksport qilib berishga kelishib ishga kirganman. Xar bir eksport qilingan maxsulot tonnasi uchun kelishilgan xaqni olaman. Ko‘pincha shunaqa bo‘ladiki raxbar kelishilmagan ishlarni buyuradilar vaxolanki bu ish mani zimmamga kirmaydi, yo‘q desam o‘rtaga sovuqchilik tushadi. Shuni uchun bajaraman. Shunaqa ishlarni bajarganimda aytaylik 10 so‘mga bitsa 12 so‘m ketdi deb o‘zimni xaqimni chiqarib olaman. Eng yomoni mijozlar bilan muomalada raxbarimiz ko‘pincha g‘irrom o‘ynaydilar, ishni oxirida pul tarafdan oldi berdi muomalasi «kasha» xolatga kelib qolsa manga mijozni ro‘para qilib «tushuntirib turing» deb chekkaroqqa chiqib oladilar. Man moralnыy sog‘ligimi yo‘qotaman. So‘ramoqchi bo‘lganim raxbarimi shu qilgan ishlari uchun yuqorida aytib o‘tgan 10 so‘mlik ish uchun 12 so‘m olishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bildirmasdan olishingiz joiz emas. Rahbar bilishi shart. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 09:19 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bildirmasdan olishingiz joiz emas. Rahbar bilishi shart. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 09:19 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat