Namozdagi sunnat amali haqida

Assalomu alaykum! Ming bor uzr vaqtingizlarni olganim uchun. Farz namozlarida uchinchi va to‘rtinchi rak’atda fotiha surasini o‘qishlik mustahab amali deyilgan. Payg‘ambarimi sallollohu alayhi vasallam farz namozlarining uchunchi va to‘rtinchi rak’atlarida fotiha surasidan boshqa nimalarni o‘qigan. Mustahab amali darajasiga tushishi uchun boshqa narsalarni ham o‘qiganligi haqida xabarlar bormi? Javoblaringiz uchun kattadan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mustahab darajasida bo‘lishi uchun “Fotiha” surasidan boshqasini o‘qigan bo‘lishi zaruriy emas. Aksar holda o‘qimay qo‘yganlari mustahab ekanligiga kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:42 | Savol-javoblar | 134 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar