Ish haqidan tashqari pul olish
Assalomu alaykum! Ishxonada oylik maosh olamiz(kimyoviy moddalarni tekshiramiz). Agar buyurtmachi moddani tekshirish uchun tashkilotga bergan puldan tashqari bizga alohida xizmat haqqila deb bersa u bizga halol bo‘ladimi? Ish vaqtidan tashqari ishlab tez bitirib bersaylar rozi qilaman dib aytgan bo‘lsa va bunga rahbarni qarshiligi bo‘lmasa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol bo‘lmaydi. Siz usiz ham o‘sha ishni o‘z vaqtida qilib maoshingizni olasiz. Ishdan tashqari rahbarning ruxsati, mijozning roziligi bilan qiladigan bo‘lsangiz unda ishxonaning elektri, u erdagi asbob uskunalardan foydalanish davlatning tasarrufida, ishdan tashqari ulardan foydalanishga ruxsat yo‘q, shu sababli joiz emas. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 07:29 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom