Hilol e-book bilan kichik muammo
Assalomu alaykum! Hilol e-book ilovasi hammaga yaxshi tanish. Shu jumladan men ham bu ilovadan foydalanaman. Va sir emaski adashmayotgan bo‘lsam aprel oylarida bu ilovadagi barcha kitoblar bepul qilindi. Bunday katta imkoniyatdan men ham foydalandim va barcha kitoblarni yuklab oldim. Ungacha menda bir qancha kitoblar xarid qilingan edi. Ammo keyinchalik tahminan 2 hafta oldin do‘stimning hilol akkaunti umuman o‘chib ketib qoldi. U do‘stimda ham barcha kitoblar yuklangandi. Shu sababdan men tizimdan chiqib uning akkauntiga kirib ko‘rmoqchi bo‘ldim, balki uning telefonida muammo deb. Akkaunti o‘chib ketgan ekan. Qaytadan o‘z tizimimga kirsam o‘sha bepul bo‘lgan paytda yuklagan barcha kitoblarim yo‘q. Faqat shu ilgari xarid qilgan kitoblarim va unga qo‘shib bir qancha kitoblar turibdi. Qolganlari esa do‘kon bo‘limida. Tizimdan chiqishdan oldin esa ’siz barcha kitoblarni xarid qilgan ekansiz yozuvi turar edi. Xullas, barcha kitoblar yo‘q endi. Ammo boshqa bir do‘stim tizimdan chiqib qayta kirmagani uchun barcha kitoblari yuklangan holda turibdi. 1) O‘sha paytda barcha kitoblar bepul qilingan edi. Va shu kitoblar faqatgina vaqtincha bepul qilinganmidi? Ya’ni bepul qilinganda yuklangan kitoblarni qaytadan yana olib qo‘yilish rejasi bormidi? Yoki butunlayga yuklab olishmidi maqsad? 2) Agar vaqtinchalikka bepul qilinib qaytarib olinish rejasi bo‘lganda mening do‘stimda haligacha barcha kitoblari joyida, menda esa o‘zim ilgari xarid qilganlarim va bir qancha kitoblardan tashqari barchasi o‘chib ketdi. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz degandim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Hilol e-book”dagi aktsiya muddatlik bo‘lib, oldindan bu haqida xabarlarda aytilgan edi. Endilikda kerakli kitoblardan foydalanish uchun uni xarid qilish kerak bo‘ladi. Agarda u kitoblar bepul vaqtida yuklab olingan bo‘lsa uni yuklashda trafik ketmaydi. Barcha kitoblar aktsiyadan keyin ham ochiq turgan foydalanuvchimiz ham qachondir serverga bog‘lansalar masalan do‘kon qismiga o‘tsalar aktsiyada ochib berilgan kitoblar yopilib qoladi. Ungacha foydalanaveradilar biz rozimiz. Hurmat ila, Hilol Nashr jamoasi.
9 May 2022, 10:04 | Savol-javoblar | 183 | Kitoblar