Xijobga kirgandim
Assalomu alaykum! Yaqinda xijobga kirdim alxamdulillah. Qiz bola (ayol)ning iyagi avrat xisoblanadimi? 2) Hijobga kirgan qiz yoki ayol xozirda kun sovuqligi bois qalin keng turadigan shim kiysa bo‘ladimi? Albatta orqasi yopiq xolatda ya’ni ustidagi kiymi uzunroq bo‘sa va badani bilinmaydigan darajada keng bo‘lsa? Bunday kiyim joizmi? Xijobli ayolning krasovkada yurishi joiz emasmi? Xijobga endi kirganim uchun bu xijobimga dog‘ tushurishni xoxlamayman. Bu berayotgan savolimda xar xil ixtiloflar bor ekan. Ayrimlar mumkin desa ayrimlar mumkin emas deyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda qanday bo‘lsa ham avratingizni berkitsangiz bo‘ldi. Hijob deb maxsus qora yoki boshqa rangli maxsus tikilgan kiyimga mahkam turib olmasdan nima bilan bo‘lsa ham avratlaringizni to‘sing. Kiyimda ikki shart bo‘ladi. Biri ichi ko‘rinadigan darajada shaffof bo‘lmasligi ikkinchisi a’zolarni bo‘rtib ko‘rinadigan darajada tor bo‘lmasligi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:50 | Savol-javoblar | 171 | Ayollarga oid masalalar