Serialning ta’siri

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, miliy TVdan bo‘layotgan “KARA SEVDA” seriali musulmonlar odobiga ziyon keltirmaydimi? Chunki u erda birovni xotini bilan unisi, uni xotini bilan boshqasi yurib ketish holatlari bor. Shu kinoni ko‘rish joiz emasligini bilib nega imomlarimiz bu ishdan qaytarishmaydi? Imomlarimizi vazifasi odamlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash emasmi? Javob uchun oldindan rahmat, beodoblik qilgan bo‘lsam uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi muammolarni o‘sha televideniyaga yozib noroziligingizni izhor qiling, ular javob berishmasa tegishli joylarga yozing. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 08:52 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar