Namozimdagi xatolik

Assalomu alaykum! Namoz davomida taxorat singandek bo‘lsa ammo ishonchi komil bo‘lmasa keyin balki sinmagandek deb namozda davom etsa biroz vaqtdan keyin ko‘ngil taskin topishi uchun qayta taxorat olib namozni qayta o‘qisa shu to‘g‘ri bo‘ladimi? Balki taxoratim sinmagan bo‘lgan. 2. Farz namozida 1 marta Allohu akbarni ovoz chikarmasdan aytib qo‘ysa, keyin sajda vaqtida tili kelishmay subxana robbiyal al az deb keyin ala deb to‘g‘irlasa shu ikki xolat uchun sajdai saxvni endi o‘rganayotgan odam uni qilmasa gunoxkor bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri bo‘ladi. Lekin bu holat ko‘p takrorlanayotgan bo‘lsa, namozni qaytarmang.2). Namozga kirishish uchun, eng avvalida, qo‘lni quloq barobarida ko‘tarib aytiladigan takbir (Allohu Akbar lafzi) farzdir. Uni kamida o‘zingiz eshitadigan ovozda aytmasangiz namozga kirishmagan bo‘lasiz. Namozdagi boshqa takbirlar esa sunnat bo‘lib, ularda nuqsonga yo‘l qo‘yish bilan sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Sajda va ruku’da aytiladigan zikrlar ham sunnat bo‘lib, ularda nuqsonga yo‘l qo‘yish bilan sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar