Idda o‘tirgan ayol to‘yga borishi

Assalomu alaykum! Bir do‘stimni otalari yaqinda vafot etgan edilar. Do‘stim to‘y belgilab qo‘ygan edi. O‘zi xovli joy qilib aloxida chiqib ketgandi. Savolim shuki do‘stim onalarini kechqurun mashinaga solib o‘z uyiga olib ketsa bo‘ladimi yoki onalarini iddalari chiqquncha mumkin emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Marhum erining hurmati bo‘lsa iddada o‘tirgan ayol to‘yma-to‘y yurmasin. «Idda» so‘zi lug‘atda «sanash», «hisoblash» ma’nolarini bildiradi. Shariatda esa ayol kishi erining vafotidan keyin yoki eri bilan ajrashganidan so‘ng saqlashi lozim bo‘lgan muddatga aytiladi. Bu hukmning shariatga kiritilishi bir necha hikmatlarga egadir. Ulardan biri o‘lgan erning hurmati bajo keltirilshi bo‘lsa yana biri er bilan birga o‘tkazilgan oilaviy hayotning hurmati yuzasidan ham darrov boshqa erga tegib ketmay, idda o‘tiriladi. Motam ayol kishining eri o‘lganda 4 oyu 10 kun, boshqa qarindoshi o‘lganda 3 kun pardoz-andoz va ziynat qilmay turishidir. Boshqa narsa motamga kirmaydi, motamdagi ayol surma surtmaydi, xushbo‘y surtmaydi, bo‘yog‘i ustidan bo‘yalgan kiyim kiymaydi. Motamdan keyin bir xushbo‘y sepibmi boshqa narsa bilanmi, motamdan chiqqanini bildirib qo‘yishi kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:03 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar