Shayx Ramazon Butiy kitoblari haqida

Assalomu alaykum! Bundan bir qancha muddat ilgari Shayx Muhammad Said Ramazon al-Butiy Hazratlarining "Salafiylik mazhab emas, balki bu muqaddas bir davrdir" degan kitoblari tarjimasini islom.uz portaliga joylab borilgan ekan. Keyin shu haqida hazratga savol berishganda yaqin kunlarda chop etilishi haqida aytishgan ekanlar. Shu kitob keyin chop etildimi? Qidiruv xizmatidan topa olmadim. Ashraf Ali Tahanoviy, Muhammad Taqiy Usmoniy hazratlarining kitoblarini ham chop etilishini kutib qolamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Duo qilib turing, yaqinda nashr bo‘lyapti. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 189 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar