Bir kishi jamoat bo‘la oladimi?

Assalomu alaykum! Bizning uyimiz markazdan olti km uzoqda. Katta jamoat bilan namoz o‘qishga harakat qilaman, lekin ba’zida ulgirmay qolaman. Endi mahallamizda ham masjid bor, lekin jamoat oz. Bir kun shom namozini o‘qish uchun maxalla masjidiga bordim. Vaqt deyarli bo‘lgan edi ne koz bilan ko‘rsam masjidda odam yo‘q. Allohni marxamati ila bir odam ulgirib keldi va birga shom namozini o‘qidik. Savol shunday vaziyatda hech kim bo‘lmasa bir o‘zim azon takbir aytib imom o‘rnida farz namozini o‘qisam jamoat bilan o‘qilgan ajr (ya’ni 27 barobar yoki 40 kun jamoat bilan o‘qishni qasd qilgan bo‘lsa) beriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Beriladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 171 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar