Ishizdagi gumonlar
Assalomu alaykum! Ustozlar man Polsha davlatida bir qancha do‘stlarimiz bilan yashayman. Asosan bu erda ko‘pchilik vatandoshlarimiz etkazib berish xizmatida ishlaymiz. Izlash xizmatidan bir javobga ko‘zimiz tushdi va ichimizda turli gumonlar paydo bo‘ldi. Shu gumonlarimizni bartaraf etishda yordam bersangiz illo nafsimiz huruj qilganda shu orqali engsak: 1. Bizni ish barcha kafe-restarantlar uchun va faqat taom etkazib beramiz iste’molchiga. Bunda biz ba’zida musulmon restarantlariga ham xizmat qilamiz. Ammo buni biz tanlay olmaymiz va shuning uchun ko‘p hollarda mahalliy restarantlardan buyurtma tushadi. Ular esa bebismillah so‘yilgan va bizlar uchun xarom g‘oshtda tayyorlagan taomlar beradi. Biz kasbimizni o‘zgartiraylikmi? 2. Etkazib berish kam hujjat so‘ragani bois ba’zi vizasini muddati tugagan birodarlarimiz ham shu ishda vaqtinchalik ishlamoqda. Ularga istisno yo‘qmi? 3. Biz doim buyurtnamizni ko‘zdan kechiramiz va faqat taom bo‘lsagina etqazamiz. Orasida spirtli ichimlik bo‘lmasligini nazorat qilamiz va hali ko‘rmadik lekin ko‘rsak, buyurtmani bekor qilamiz. Bu yurt musulmon yurti emas. Musulmonlar va masjidlar kam. Unda o‘z o‘zidan bu yurtda qilayotgan barcha ishimiz kofirlar foydasiga bo‘lmaydimi? Qanday yo‘l tutaylik? Qanday halol risq topaylik va qanday ko‘nglimizni hotirjam qilaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Biz musulmonmiz, shariatimizga amal qilishga majburmiz, bizga shariat harom qilgan narsalarni buyurtmasini olmanglar” deb aytishlaringiz kerak. Inson astoydil harakat qilsa Alloh haloldan yo‘llarini chiqarib qo‘yadi. Halol kasb va yo‘l topguncha ishlab turasizlar. Ular foydasiga yoki musulmonlar foydasiga degan gap yo‘q. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom