Muzoraba shirkati haqida

Assalomu alaykum! Yurib turgan sherikli ishga, uchinchinchi taraf foydadan ma’lum bir haq evaziga pul tiksa, so‘ng tikkan pulini qaytib olsa, halol bo‘ladimi? Bo‘lajak bir ishga ikkinchi taraf pul tiksa va ziyoniga sherik bo‘lsa lekin, foyda ko‘radigan bo‘lsa agar foydasini bo‘lishib, ikkinchi taraf tikkan pulni qaytib olsa halol bo‘ladimi? Muzoraba uchun tikilgan pul qaytib olinsa ribo bo‘ladi deb eshitgan edik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ma’lum miqdor evaziga pul tikishi joiz emas. Balki foydadan falon foizi deb pul tikikshi mumkin. Buni muzoraba deyiladi. Qachon chiqarib olishini kelishib olishi shart. Chunki bevaqt pulini qaytarib olsa ish yuritishiga zarar keltirishi mumkin. Tikkan pulini qaytarish ribo emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar