Sherikchilikdagi tijorat

Assalomu alaykum! Men va opam 50/50 sherikchilikda do‘kon ochganmiz. Ish boshlashdan oldin ikkalamiz ham teng miqdorda pul o‘rtaga tashlab ish boshladik. Opamni o‘zini boshqa do‘koni bor, u u erda savdo qiladi. Do‘konda esa kun buyi men savdo qilaman. Foyda teng ikkiga bo‘linadi, masalan men 100ming olsam, opam ham 100ming oladi. Lekin opam do‘konda savdo qilmaydi, mehnatini qilmaydi, tovarni ham boshqa shaharga borib yolg‘iz o‘zim olib kelaman. Men usha foydani teng bulishganimizdan tashqari ishlaganim uchun haq olmayman, tekinga ishlayman desa ham buladi. Xullas, foydani teng bulyapmiz, ammo opam faqat boshda teng pul tashlagan mehnatsiz foyda olyapti, men hamma mehnatni qilib ushancha foyda olyapman. 1). Shunda opam olayotgan pullar halol bo‘ladimi? 2). Foydani qanday taqsimlasak ikkimiz teng bo‘lamiz? Ikkimiz uchun ham olganimiz halol bo‘ladi, bir birimizni xaqqimizni emaymiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Halol. 2). Teng taqsimlashingiz noto‘g‘ri. Bir foiz bo‘lsa ham ozroq olishi kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:15 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar