Tenglik haqida

Assalomu alaykum! Hozirga kundaa bemazhablar ko‘paygani sabab o‘zbek millatiga boshqa mazhab hukmlarin oluvchi insonlar uchramoqda. Shulardan biri nikohdagi valiy haqida. Bizning mazhabda valiy nikohning komil bo‘lish sharti ekanligini bilamiz. Bu erda okla quruvchi yoshlarning mazhabiga qaraladimi, chunki masalan ota vahhobiy bo‘lsa va qizini o‘zining tanishiga gina berishini aytsa, qiz boshqa qarindoshlarining ruxsati bilan, o‘zi hohlaganiga turmushga chiqa oladimi. Misol antiqa va oqibati yaxshi bo‘lmasa ham, misol faqat hukmini bilish niyatida. Agar hanafiylarda, valiy nikohning to‘g‘ri bo‘lish sharti bo‘lmasa ham, ota ona nikohni fosid qila oladi degan jumlani o‘qidim, agar yoshlar teng bo‘lmasa. Endi savolim, bu erda qanaqa tenglik aytilganligini qaerdan batafsil o‘rgansak bo‘ladi. Albatta o‘zbek tilida chop etilgan maqola va kitoblar bo‘lsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobidan “Kufu” bobini o‘qing. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/maqola/842

9 May 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar