Uyqudagi suyuqlik 2
Assalomu alaykum! Peshob yo‘lidan kun davomida va uyquda xam xar kuni oz miqdorda rangi oq suyuqlik kelayotgan edi. Taxorat qilayii yoki g‘usl degan savolga doktorga tekshirtiring degan javobni bergan edingiz. Shunga ko‘ra doktorga tekshirtirgunimcha uyqudan uyg‘onganda g‘usl qilayotgan edim qolganlariga taxorat. Doktorga tekshirtirdim siydik yo‘li shamollagan ekan va ko‘p suv ishlatishdan qaytardi. Uyqudan uyg‘onganda maniy bo‘lmasa o‘sha shamollaganim sabab kelayotgan suyuqlik bo‘lsa taxorat qilsam bo‘ladimi? 2. Tuzalgunimcha uyquda xaqiqiy extilom bo‘lsam tayammum qilib tursam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shamollagan sabab kelayotgan suyuqlik bo‘lsa taxorat qilsa bo‘ladi. Tayammumga etarli uzr bo‘lmasa joiz emas. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 14:26 | Savol-javoblar | 143 | Tahorat