Qur’on o‘qigan ajri

Assalomu alaykum! Bir xadisda Qur’on yodlagan odamning ota onasiga toj kiydiriladi deyilgan ekan. Shu kitobdan o‘qigan odamni ota onasiga xam toj kiydiriladimi shuni umid qilsak bo‘lami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’oni Karimni o‘qishning savobi va darajasi albatta baland, lekin u bilan birga unga amal qilish shart, o‘qishning o‘zi kifoya qilmaydi, unga amal ham qilish kerak. Shunda amal qilganning ota-onasiga qiyomatda toj kiydiriladi. Imom Ahmad va Termiziylar rivoyat qilishgan boshqa bir hadisda shunday deyilgan:عن معاذ بن أنس الجهني رضي الله عنه أن رسول الله عليه وسلم قال: مَنْ قَرَأَ الْقُرْآنَ وَعَمِلَ بِمَا فِيهِ ، أُلْبِسَ وَالِدَاهُ تَاجًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ ، ضَوْءُهُ أَحْسَنُ مِنْ ضَوْءِ الشَّمْسِ فِي بُيُوتِ الدُّنْيَا لَوْ كَانَتْ فِيكُمْ ، فَمَا ظَنُّكُمْ بِالَّذِي عَمِلَ بِهَذَا.Muoz ibn Anas Juhaniydan rivoyat qilinadi:
 «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: «Kim Qur’onni o‘qib undagi narsalarga amal qilsa, Qiyomat kuni ota-onasiga toj kiydiriladi. Uning yorug‘ligi agar sizlarda bo‘lganda dunyo uylaridagi quyoshning yorug‘ligidan yaxshidir. Endi shunga amal qilganning o‘zining holi nima bo‘ladi deb o‘ylaysizlar», dedilar». Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 176 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar