Mayitni oyog‘ini qiblaga qaratib qo‘yish

Assalomu alaykum! 1). Meni bir joyda janozaga qatnashib qoldim va janoza namozida ikkinchi takbirdan so‘ng shu salovatni eslay olmadim (Allohumma solli ‘ala Muhammadiv-va ‘ala ali Muhammad. Kama sollayta ‘ala Ibrohima va ‘ala ali Ibrohim. Innaka hamidum-majid. Allohumma barik ‘ala Muhammadiv-va ‘ala ali Muhammad. Kama barokta ‘ala Ibrohima va ‘ala ali Ibrohim. Innaka hamidum-majid) va bu salovatni aytdim (Allahumma salli ala Sayyidina Muhammad) namozim buzulmadimi. 2). U joyda qabirlar oyoq tomoni qiblaga moyilroq ekan men qiblaga o‘ng tomonini qo‘yib boshini qiblaga moyil qilish kerak desam bir ikkitasi “oyoq qiblaga bo‘ladi qiyomatda o‘rnidan turib maxsharga qarab ketaverishadi” dedi. Bu erda juda ko‘p qabrlar xar xil qo‘yilgan ekan bir tekisdamas. Oyog‘i qiblaga bo‘lib qolgan qabrlardi nima qilish kerak? 3). Maxshar deb qaysi joyni aytiladi? Agar bizni yashab turgan dunyomizga taluqli joy bo‘lsa qaysi tomonda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Buzilmaydi. 2). Bo‘lgani bo‘ldi. Endigilarini yuzini gavdasi bilan qo‘shib qibla tomonga qaratib qo‘yish kerak, sunnat shu. Yuzini o‘zini burib qo‘yish ham siz aytgandek oyog‘ini qibla tarafga qaratib qo‘yish ham to‘g‘ri emas. 3). Uni qaysi tomondaligini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 14:59 | Savol-javoblar | 171 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar