Bezaklar(ukrasheniyalar) yasash
Assalomu alaykum! Men uyda qo‘l mexnati bilan shug‘ullanaman, ya’ni, nozik munchoq va maxsus sim (provoloka) yordamida ayollar va kelinchaklar soch turmaklari va ro‘mollar uchun maxsus bezaklar (ukrasheniyalar) yasayman. Ko‘zmunchoq va xayvonlar shakl-suratlari bundan mustasno. Yaqinda bijuteriya taqish bizni masxabda mumkinmasligini o‘qib qoldim. Savolim: men qilayotgan mexnatimni davom ettirsam bo‘ladimi? Chunki asosan soch va ro‘mol turmaklari uchun bezaklar yasayman. Mexnatim orqali topgan daromadim xalol xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hanafiy mazhabida mumkin emas. Boshqa mazhabdagilar joiz deyishgan. Erkaklar uchun taqinchoqlardan faqatgina uzuk joiz. U ham bo‘lsa kumush bo‘lishi sharti bilan. Boshqa, metal yoki plastik yoki mato yoki teri kabi narsalardan yasalgan taqinchoqlar halol emas.
“Javhara” kitobida : “Temir, mis, qo‘rg‘oshindan uzuk taqish erkaklar uchun makruh(tahrimiy)” deyilgan.
“Fatavoi Hindiya” kitobida : “Ayollar ziynat uchun sochlariga temir, mis, qo‘rg‘oshin kabilardan yasalgan taqinchoqlarni taqishi joiz. Ulardan yasalgan bilakuzukni taqish ham joiz” deyilgan. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 14:59 | Savol-javoblar | 192 | Moliya va tijorat