Odam alayhisalomga ruh kuy orqali kirganmi?

Assalomu alaykum! Men qissasi rabg‘uziyda “Alloh taolo Odam alayhisalomni yaratib unga ruhni kirgizgan” degan joyini o‘qigan edim. “Ruh avval kirishga qo‘rqqan, shundan so‘ng Alloh kuy sadosi bilan ruhni tanaga kirgizgan, ruh kuyga mahliyo bo‘lib tanaga kirib ketgan” deb eshitganman. Shu to‘g‘ri ma’lumot bo‘lishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eshitgan gapingiz dinga bo‘lgan ham yolg‘on ham tuhmat. Insonning odati shuki o‘zi qilayotgan ishlariga ko‘ngli taskin topadigan narsalarni qidiradi. Xudoni eng qattiq dushmanlaridan bo‘lgan folbinlar ham Alloh taoloni “G‘aybni biluvchi” degan sifatida tortisha turib o‘z ishini odamlarga targ‘ib qilish uchun “folga ishonma folsiz yurma” deb gap tarqatishgan. Bu siz aytgan gap ham o‘shanga o‘xshash gaplardandir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:49 | Savol-javoblar | 143 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar