O‘quv markazidagi pullik munozara

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, biz o‘qiydigon markazda ingliz tilidan munozara (debate)lar bo‘lib turadi. Bunga qo‘shilish uchun jamoalardan ma’lum miqdorda pul talab qilinadi. Yig‘ilgan pulga talabalar uchun sovg‘alar beriladi. Shunday musobaqalarda qatnashish halolmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Halol emas. Buni karta o‘yinidan nima farqi bor? Undan ham pul to‘planadi va yutgan olib ketadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:30 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar