Gunohlarga tavba

Assalomu alaykum! Yaqindan namoz o‘qib, tavba qilishni boshladim. Meni qiynaydigani, hali yosh bo‘lsam ham bilmasdan juda ko‘p katta gunoh qilibman. Qilgan gunohlarimni o‘ylasam umidsizlanib qolaman. Noumid bo‘lish ham katta gunohligini bilaman. Menga nima maslahat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh muborak qilsin. Gap gunoh qilishda emas, asosiysi gunohdan keyin tavba qilishda. Bir qancha muddat suv tegmagan balchiqqa botib o‘ta badbo‘y hidlangan inson dengiz bo‘yiga kelibdi. Suvga uzoq tikilib suvga tushmasdan turaveribdi. Shunda suv “Nega mening yonimgacha kelib tozalanmayapsan. Bu badbo‘ylik va nopoklikka qanday chidayapsan” debdi. U inson “Seni suvingni loyqa qilib qo‘yarmikinman deb o‘ylayapman” debdi. Inson qancha balchiqqa botsin, nopok hidga bulg‘anmasin bir suvga sho‘ng‘igach undan asar ham qolmaydi. Holbuki dengiz har qancha katta bo‘lmasin ma’lum bir chegaraga va miqdorga ega. Alloh taoloning rahmatining cheki yo‘q. Gap o‘sha suvga tushmagan nodon kishi kabi tavba qilmay turib olinmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:58 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar