Jamoat namozida tahorat sinsa

Assalomu alaykum! Misol uchun juma namozida(boshqa namozlarda ham) to‘rt rakat sunnatdan keyin tahorati sinsa, jamoatni o‘rtasida yoki old qatorlarining birida turgan bo‘lsa qanday yo‘l tutiladi? Chiqib ketishning iloji yo‘q-ku. Masjidga kelib jamoat bilan namoz o‘qimay ketishlik gunox bo‘lishini o‘qigan edim. Masjidga kelgandan keyin namozni kutayotib taxorati sinsa va taxorat olgunicha namoz tugasa unga gunox bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odamlarni oralab orqasiga chiqib ketaveradi. Oldidan o‘tish joiz emas xolos, orasidan o‘tib chiqib ketishda zarar yo‘q. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 22:43 | Savol-javoblar | 149 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar