Tog‘ut nima

Assalomu alaykum! Bir kitobda o‘qigandim tog‘ut xakida, lekin tushunmadim. Tog‘ut nima o‘zi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! «Tog‘ut» lafzi «tug‘yon» so‘zidan olingan bo‘lib, Alloh chizgan chiziqdan chiqishga nisbatan ishlatiladi. Allohning yo‘lidan boshqa yo‘l «tog‘ut» deyiladi. Tog‘utning kattasi shaytondir. Dunyoda kufr keltirish lozim bo‘lgan narsa tog‘utdir. Iymon keltirish lozim bo‘lgan Zot esa Allohdir. Shuning uchun tog‘utga kufr keltirib, Allohga iymon keltirib, uzilmaydigan mustahkam tutqichni tutishga harakat qilmoq lozim. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 266 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar