Yosh ona namozi

Assalomu alaykum! Meni bir yarim yoshli qizalog‘im bor. Uyda aksariyat xollarda faqat ikkimiz bo‘lamiz. Savolim quyidagicha, ba’zida farzandim namoz o‘qiyotgan paytimda injiqlik qilib qattiq yig‘lab qoladi mazasi bo‘lmagan paytda asosan oyog‘imga maxkam yopishib oladi. Ba’zida qo‘limga ko‘tarib olib xam o‘qidim. Asr yoki shom paytida shunday bo‘ladi. Namozdan keyin sajdai saxv xam qilib Allohdan mag‘firat so‘rayman. Men yig‘lagan bolani ovutish uchun uni ko‘tarib o‘qishim durustmi yoki parvo qilmay bola yig‘lab tursa xam ado etishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolani ko‘tarib orqangizga opichtirib namoz o‘qishingiz joiz. Faqat namoz o‘qishdan oldin bolani o‘zini va pampersini najosatdan tozalab oling. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 15:54 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar