Qirq kun amali qabul bo‘lmaslik

Assalomu alaykum! Bir kishi qorniga xarom luqma edi. Masalan aparatda so‘yilgan tovuq go‘shtini yodi yoki aroq ichdi. Hadisga binoan uning qirq kun amali qabul bo‘lmaydi to‘g‘rimi? Va u kishi bir kunda ikki mahal aparatda so‘yilgan tovuq go‘shti tanavvul qildi. Yoki ikki kun bir yutumdan aroq ichdi. Endi u kishining qirq kun amali qabul bo‘lmaydimi yoki sakson kun? Yani qoringa xarom luqma solishning miqdorida ahamiyat bormi? Misol uchun bir o‘tirishda uch piyola aroq ichsa, yoki bir o‘tirishda uch tishlam aparatda so‘yilgan tovuq qo‘shti esa bir yuz yigirma kun amali qabul bo‘lmaydimi? Yuqoridagiga o‘xshash holatlarda bila turib qilsa, bilmagan bo‘lsa keyin bilib qolsa va astoydir tavba qilsa buning hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Amal qabul bo‘lmasligi boshqa, zimmasidan ado bo‘lishi boshqa. Siz aytgan holatda amal qabul bo‘lmasligi bor, ammo o‘qigan namozlari zimmasidan ado bo‘ladi. Qiyomat kuni o‘qimadi deb azobga solinmaydi. Shuning o‘zi ham ulkan ne’mat. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar