Farzni 3-4-rakatlarida Fotihani o‘qimaslik

Assalomu alaykum! Qirg‘izistonlik birodarimizni savoliga qo‘shimcha qilmoqchidim, faqat qazo namozlarining 3-4 rakatlartdami yoki ayni vaqti kirgan farz namozlarining 3-4 rakatlariyam hisobga olinadimi? Men vohadanman bizni imom farz namozlarining 3-4 rakatida Fotiha surasining 1-oyati hayolimizdan to‘liq o‘tmasdan imom rukuga ketadi. Ushbu namozni qanday tushinsak bo‘ladi? Demak biz ham uyda o‘qigan vaqtimiz farz namozining 3-4 rakatlarida tasbeh vaqti o‘tib rukuga ketsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fotihani o‘qigan afzal, o‘qimaslikni odat qilib olmaslik kerak.  “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Avvalgi ikki rak’atdan keyingi rak’atlarda Fotihani ovozini chiqarmay qiroat qiladi.
Peshin, asr, shom va xufton namozlarining uchinchi va to‘rtinchi rak’atlarida faqat Fotiha surasi qiroat qilinadi. عَنْ أَبِي قَتَادَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، كَانَ يَقْرَأُ فِي الرَّكْعَتَيْنِ الْأُولَيَيْنِ مِنَ الظُّهْرِ وَالْعَصْرِ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ وَسُورَتَيْنِ، وَفِي الْأُخْرَيَيْنِ بِفَاتِحَةِ الْكِتَابِ، وَيُسْمِعُنَا الْآيَةَ أَحْيَانًا، وَيُطِيلُ فِي الرَّكْعَةِ الْأُولَى مَا لَا يُطِيلُ فِي الثَّانِيَةِ، وَهَكَذَا فِي الصُّبْحِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshin va asrning avvalgi ikki rak’atida «Fotihatul Kitob» va ikki surani, keyingi ikkisida «Fotihatul Kitob»ni qiroat qilar edilar. Gohida bizga oyatni eshittirib qo‘yar edilar. Birinchi rak’atida (qiroatni) uzoq qilar, ikkinchisida qisqa qilar edilar. Bomdodda ham shunday qilar edilar».
Ikki shayx rivoyat qilishgan.
Agar tasbeh aytib, sukut saqlasa ham joiz.
Ya’ni uchinchi, to‘rtinchi rak’atlarda Fotihani qiroat qilmasdan, tasbeh aytsa ham namozi durust bo‘ladi.رَوَى ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ عَنْ عَلِيٍّ وَابْنِ مَسْعُودٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّهُمَا قَالَا: اقْرَأْ فِي الْأُولَيَيْنِ، وَسَبِّحْ فِي الْأُخْرَيَيْنِ Ibn Abu Shayba Ali va Ibn Mas’ud roziyallohu anhumodan shunday rivoyat qiladi:
«Avvalgi ikki rak’atda qiroat qil. Keyingi ikki rak’atda tasbeh ayt».

So‘ngra xuddi avvalgiga o‘xshab o‘tiradi va tashahhuddan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salavot aytadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:49 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar