Ijarada turaman zakot beramanmi

Assalomu alaykum! Men oilaliman, bir uyda 3 o‘g‘il turamiz. Men alohida uy olishim kerak, xozirda mablag‘im uy olishga etarli emas. Yaqin orada kvartira olib oilamni olib chiqmoqchiman. Uy sotib olgunimcha kvartirada yashamoqchimiz, lekin xozirda mablag‘im nisobga etgan. Shu puldan zakot chiqarishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakot chiqarishingiz kerak. Chunki siz uyi borlar oldida alohida uyi bor hisoblanmasangiz ham puli yo‘qlar oldida puli bor hisoblanasiz. Shaxsiy mulkingiz bo‘lsa zakotni ukalaringizga berishingiz ham mumkin. Agar ular pulingizda hissador bo‘lsa berolmaysiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 161 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar