diniy buyumlar olmoqchi edim

Assalomu alaykum ustozlar. men 10 kundan beri 1 zavodda ishlayman yana 20 kun ishlab uyga qaytaman, qaytayotganimda bozordan diniy buyumlar olmoqchi edim yani joynamoz, quron kitobi va diniy bosh kiyim . meni o‘ylantryotgan narsa shu narsalarda misol: joynamozda namoz o‘qisam qabul bo‘ladimikan degan savol o‘ylantiryapti. sababi men ishlaydigan joy tabiatga zarar etkazadi. ishimizda ozgina kamchilik bor yani mahsulot ishlab chiqarishda ishlatiladigan selonni bunkerga tokkanimizgacha ozgina to‘kiladi. buni ho‘jayinlar biladi. tungi smena ham, kundizgi smena ham ozgina selon tokadi. yana 2 ta sherigim 7 qop selon solinadigan pechkali bunkerga 11 qop selon solishadi (bunkerni to‘ldirib qo‘yib bizga bo‘shagancha damolishga ruxsat berilgan) sababi ko‘proq damolish lekin 100 qop sogan taqdirdayam mahsulot sifati o‘zgarmaydi. ustozlar manashu 3 ta sabab meni ish haqqimni haromga chiqarmaydimi. meni har hil hayollar qurshab olgan shu diniy buyumlarni bilmasdan harom pulga olsam o‘qigan namozlarim qabul bo‘larmikan deb. shuning uchun sizlardan so‘rayapman. ustozlar javobingizni intiqlik bilan kutaman. bu savolni javobini qidirish joyidan topolmadim. javobingiz uchun oldindan raxmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunaqa vasvasachi bo‘lmang. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar