3 taloq tushmaganmi

Assalomu alaykum! Ayolim mani boshka ayollar bilan gaplashib qo‘yganimmi bilib qoldi. Orada janjal bo‘ldi va ayolim meni kechirdi, lekin shart qo‘ydi, agar yana bir marta ayol kishi bilan gaplashsez manga 3 taloq qo‘ygan bo‘lasiz didi. Man rozi bo‘ldim. Alloh xidoyat berdi qilgan gunoxlarimga tovba qildim, ilm oldim, namoznlarni voqtida o‘qiyapman. Lekin o‘rtada eski bir tanish qiz telefon qilib ko‘rishishni taklif qildi. Man telefonni ko‘tarib yo‘q ko‘rishmayman ishim ko‘p vaqtim yo‘q dedim. Endi esa ayolim bergan vadam xayolimdan ketmayapti. Ayolimga 3 taloq tuship qolmadimikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq shartga bog‘lansa o‘sha shart topilishi bilan tushadi. Agar ayolingiz va siz begona ayollar bilan umumiy gaplashishni nazarda tutgan bo‘lsangiz o‘sha “ko‘rishmayman” deb gapirsangiz ham uch taloq tushib qolgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar