Qasamni ichib buzib qo‘yish

Assalomu alaykum! ustozlar men "Bir ishni qilmayman" deb qasam ichgandim, "Shu ishni qilsam bir "orzu"mga etmaslikka roziman" degandim. Afsuski, bu ishni qildim kafforati uchun 3 kun ro‘za tutdim, yana takrorlanganda sadaqa berdim. Lekin yana bu ish takrorlandi, Xudo guvoh, bu takror-takror qilgan ishim boshqalarga zarari tegadigan ish emas, faqat notog‘riligini bilaman. Bilaman, qasamga juda engil qaradim, gunohligini bilib turib uni ko‘p buzdim. Ustozlar, endi qo‘rqyapman yillar davomida o‘ylaganim- orzumni o‘rtaga qo‘yganimdan ham afsusdaman. Aytinglar qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslo unday shartlarni qo‘ymang, qasam ham ichmang. عَنْ أَنَسٍ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «كُلُّ بَنِي آدَمَ خَطَّاءٌ، وَخَيْرُ الْخَطَّائِينَ التَّوَّابُونَ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ  Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Barcha odam bolasi xatokordir. Xatokorlarning yaxshisi sertavbalardir», dedilar».
Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar