Zakotga haqlimi?

Assalomu alaykum! Men va singlim oliygohda tahsil olamiz. O‘zimizni daromadimiz, qo‘limizda pulimiz yo‘q. Otamni zakot nisoniga etgan mablag‘i bor. Tog‘am (u kishini ham zakot nisobida mablag‘i bor) singlim va menga: talabalar zakot olsa bo‘ladi deb o‘z zakotlarni berdilar. Biz bu zakotni olsak joizmi? Qiz bolani nafaqasi otasining zimmasida bo‘ladi. Tog‘am singlimga bergan bu pulni xuddi otamga bergandek bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olishingiz joiz. Nisob miqdorida bo‘lmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 138 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar