Xadiya xakida
Muxtaram UstozUstoz bir odam o‘ziga tinch bo‘lgan dindor oilaga kuyov bo‘libdi, to‘ydan so‘ng qaynota tarfdan kuyovnikiga mexmon bo‘lib kelishsa, "qo‘yiq" nozu ne’matlar bilan kelishar ekan.Lekin kuyov ularchalik badavlat emasligi uchun ularnikiga mexmondorchilikka borsa 6 donagina non xarid qilib olib boribdi (bu hechxam baxillikdan emas, qaynotasining oilasi boy oilaligi uchun pilimni isrofga sarflamay, o‘zlari mendan anchagina badavlat, isrofligini tushinib qolishar degan niyatda).Qaynotasi unga "Mexmondorchilikka borilsa, ko‘proq nozu ne’matlar bilan borish kerak" degandek sha’ma qilibdi.Ustoz Kuyov o‘zi badavlat bo‘lgan qaynotasinikiga mexmonga borganda "qo‘yiq" nozu ne’matlar bilan borishi lozimmi..? bunday xolatda isrof bo‘lmaydimi..? Agar xechqisi yo‘q desangiz. Yigit albatta shunday qiladi Inshaalloh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar ikki taraf ham isrof qilmasa yaxshi bo‘ladi. Ammo sizlarni nimani isrof, nimani kamtarlik deb bilishingizni men bilmayman. Bu borada birov saxiy, birov baxil bo‘lishi ham mumkinku. Odamlarga urf bo‘lgan narsani me’yor qilib olinsa yaxshi bo‘ladi. Men bir-birinikiga borishda olib boriladigan narsa haqida ixtilofga tushgan qarindoshlarni birinchi marta uchratmoqdaman.
3 May 2022, 14:45 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar