Biznes
Assalomu alaykum! Yaqin do‘stim menga pulimni aylantirgin deb pul bermokchi. Do‘stim menga: xarajatlaringni chiqarib foydasidan o‘zinngga ham olib qolib imkoningga qadar berasan. Manga ozroqdan bo‘lsa xam kelib tursa bo‘ldi, oyma oy mana shuncha berasan demayman imkoningga qaraysan deyapti. Men dustimni pulini olib biznesimga kushib aylantirib,foyda kursamam zarar kursamam imkonimga karab bergan pulini kiymatidan tashkari pul berib tursam buladimi? Zarar qilsamam deganim juda yakin dustmiza man zarar kursamam dustimni zarar kurishini xoxlamayman. O‘zim uchunmas asosiysi dustimni foydasi uchun. Xammasi Allohdan, zarar kurib qoganimdayam fakatgina dustimga yaxshilik qilish uchun ozroq busayam pul berib tursam Riboga aralashib qolmaymanmi?Allohdan qo‘rqaman. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savol: Muzorobada “Foyda va zarar teng sherik” degan shart muzorobani fosid qiladimi? Javob: Shariatimizda bir necha aqdlar borki, ularga qo‘yilgan shartlar o‘sha bitmlarni fosid qiladi. Masalan : Bir kishi biror tijoratchiga “Shu pulni olib tijorat qil, ko‘nglingdan chiqarib foydasidan berib turarsan” desa, “ko‘nglingdan chiqarib foydasidan berib turarsan” degan shart muzoroba bitimini fosid qiladi. Fosid muzorobaning hukmi, fosid ijara kabi bo‘lib, topilgan foydaning hammasi pul egasiniki bo‘ladi. Uni aylantirganga ajri misl(o‘sha paytdagi shu xizmatni qiluvchilarga beriladigan haq) beriladi. Va yana ba’zi bir shartlar borki, bitm durust bo‘lib, qo‘yilgan shartlar botil(e’tiborsiz) bo‘ladi. Sizning ishingiz ham mutlaqo joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom