Ziyoratgohlarga borib niyat qilish
Assalomu alaykum! Bizning tarafda "XAZRATI ALI" va shunga o‘xshaydigan ziyoratgohlar mavjud. O‘sha ziyoratgohlarga borib kassaga nazr deb pul tashlab, niyat qilib kelish ko‘pchilik odamlarga odat bo‘lib qolgan. Shu ishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U joylarni ziyorati ham oddiy qabrni ziyoratidan farq qilmasligi kerak. Ulardan so‘rash, madad kutish kufrdir. Bunday qilish shar’iy nuqtadan mutlaqo joiz emas. Shirkning turlaridan biri bo‘lib, iymonni ketkazadi. Butparastlarning bir nechta ilohlari bor. Bittasini rizq beruvchi deyishadi, yana birini omad keltiruvchi, birini yaxshilik, birini yomonlik, birini suv, birini temir, birini er, birini osmon xudosi deb tushunishadi. Biznikilar ham ayni shunday shirk e’tiqodga o‘tirib bo‘lishgan. Dovud alayhissalomni temir xudosi deyishadi, garchi lafzini pir deb o‘zgartirishgan bo‘lsa ham u kishiga atab qilayotgan ishlari ayni butparastlar butlariga qilgandek muomala qiladilar. Masalan u kishiga atab jonliqlar so‘yishadi, madad qilishini so‘rashadi. Nuh alayhissalomni yog‘och xudosi qilib olishgan va bu boraga tegishli hamma ishlarda u kishidan madad so‘rashadi. U kishiga atab taomlar pishirishadi, oxliqlar atashadi. Imom Naqshbandiy rahmatullohi alayhni yaxshiliklar xudosi, yomonliklarni daf qiluvchi balogardon deb yuqoridagi ishlarni qilishadi. Bundan tashqari farzand tilanadigan, rizq tilanadigan xudochalarini hisobi yo‘q. O‘zlaricha har bir maqbaraning tagida shunday xudocha qilib olishgan. Buni shirk va ko‘pxudolik bo‘lishidan hech qanday farqi yo‘q. Chunki u kabi ishlarni aslida Alloh taoloning O‘zigina qodir va Alloh taoloning o‘zidangina so‘rash kerak. Ko‘pxudolik tarixini o‘qib hozirgilarni “pir”iga qilayotgan muomalasidagi farqni topingchi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar