Uydan topilgan Injil
Assalomu alaykum! Men bugun uyimizda eski shkafdan “Iso Masih hayotidan lavhalar” degan kitobni topib oldim. U kitobni uyimizdagilardan hech kim sotib olmagan shu shkafda paydo bo‘lib qolibdi. Men birov tashlab ketgan degan gumondaman. Alhamdulilah uydagilarim besh vaqt nomozda. Islom dini uyimizda hamisha asosiy o‘rinda bo‘lgan. Bugun bu kitobni topganimda Iso payg‘ambar haqida ma’lumot bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim. Ichini ochib qarasam Injildan ma’lumot keltirilgan ekan. Mening bilishimcha Alloh Iso masihni payg‘ambar qilib yuborgan lekin bu kitobda boshqa narsa yozilgan ekan. ,,mana, sen homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘ajaksan o‘g‘lining ismini Iso qo‘yursan. U ulug‘ zot bo‘lgay, Xudoyi Taoloning o‘g‘li deb nom olgay” deb yozilgan ekan. Bu kitobni men o‘z uyimda turishini xohlamayapman. Chunki bizni uyda hamma musulmon. Bu kitobni yo‘q qilmoqchi edim lekin Injil ham Alloh yuborgan kitob bo‘lgani bu kitobni esa Injilni manba deb olgani uchun ilmim etmadi. Shu sababli siz ustozlardan so‘rayapman. Bu kitobni men uydan olib chiqib yo‘q qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uni tezda yoqib yuboring. Qo‘rqmang, u Alloh nozil qilgan injil emas. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 151 | Administrator
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uni tezda yoqib yuboring. Qo‘rqmang, u Alloh nozil qilgan injil emas. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 151 | Administrator