Xayriya masalasida

Assalomu alaykum! Men 17 yoshli o‘quvchiman. Yaqinda bir ilmiy tanlovda g‘olib bo‘lib, mukofot puli bilan taqdirlandim. Tanlovga qatnashayotganimda "Allohim, agar shu tanlovda yutsam, mukofot pulini teng yarmini ehson qilaman" deb duo qilardim. Alhamdulillah, niyatimga etdim. Ammo, ehson haqida to‘liq ma’lumotga ega emasligim pand beryapti. Oilada to‘rt farzandmiz va faqat onam ishlaydilar. Oylik maoshlari 3 mln atrofida. Men va 16 yoshli katta singlimni oliy o‘quv yurtiga tayyorgarlik uchun repetitorga berganlar. Yolg‘iz bo‘lganlari uchunmi, so‘nggi paytda biroz mablag‘dan qiynalyaptilar. Men niyat qilgan pul singlimning bir yillik tayyorlov kurslari haqiga etarkan. Qolganini o‘z ta’limim uchun ishlatmoqchiman. Savolim, men niyat qilganimni singlimga bersam, ehson qilgan hisoblanamanmi? Lekin, niyat qilganda masjid yoki pulga muhtoj odamlarni nazarda tutganman. Robbim oldida ikkiyuzlamachi bo‘lib qolishni istamayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Singlingizga beravering. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar