Ushrni qiz uzatishga ammaga berish
Assalomu alaykum! Dehqonchiligimizdan ushr bermoqchimiz. Ammamni hojati-asliyadan tashqari 4 ta moli bor. Ularni pulga chaqsa nisobga etmaydi. Yozga avgust oyiga qiz chiqarmoqchi. Lekin to‘yni hozirgi urfda o‘tkazmoqchi. Mebel oladi parda, kuyov bo‘lmishga kiyim, ko‘rpa-to‘shak, idish-tovoq kabi narsalar olishadi. Bisotidagi 4 ta molini ham sotib ishlatishsa kerak. Shunaqa holatda ushrga ajratgan hosilimizni ammamga bersak joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sal muhtojroqqa bering. Musulmonchilikda siz aytgan narsalarni kuyov tomon qiladi. Nima qizlari o‘tmay qolgan qizmidiki shuncha narsasini qilib bermasanglar kuyovsiz qoladigan?! Yoki kuyov tomon shunaqangi gadoy tilanchimiki to‘y bahona kelinni ustiga yuklab bir narsali bo‘lib oladigan?! Unda ko‘chadagi tilanchidan ham battar tilanchi bo‘lib qoladiku. U tilanchi ham mehnat qilib topadi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 143 | Zakot