Har namozda tahoratni yangilash

Assalomu alaykum! Ilm olishim uchun albatta tahoratli bo‘lishim kerak. Va deyarli har qadamimizda, darsimizda Qur’on oyatlarini o‘rganamiz. Shayx hazratlarining Mo‘minning me’roji kitoblarida tahoratni sindiruvchi amallar mavzusidagi "badanning qaysi bir joyidan qon yoki yiring chiqsayu, toza joyga yoyilsa ham, tahorat buziladi" deyilgan. Shunga ko‘ra gaymarid kasalligidan keyin tomoqdan inson ichiga oqib turadigan balg‘am aslida yiring deyilishini eshitgandim, agar bu o‘sha hukmga kirsa (menda 2yil davosini qilganimdan keyin ham oz miqdorda oqib turadi, ba’zida to‘xtagandek ham bo‘ladi) har namozimda tahoratimni yangilashim kerak bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ha, yangilashingiz kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:42 | Savol-javoblar | 154 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar