Qizlarni bo‘yanishlari

Assalomu alaykum! Hijob o‘ragandan so‘ng bo‘yanib yuradiganlarni juda ko‘p ko‘raman. Yuz agar e’tiborni tortadigan darajada chiroyli bo‘lsa yuzni ham yopish kerak, lekin yuziga niqob taqqanlar ham surma va o‘smadan tashqari boshqa vositalar yordamida qoshi va ko‘zlarini bo‘yashadi. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu noto‘g‘ri. O‘ziga jalb qiladigan darajada bo‘lish to‘g‘ri emas. U husnni eriga ko‘rsatish kerak. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا اسْتَعْطَرَتِ الْمَرْأَةُ فَمَرَّتْ عَلَى الْقَوْمِ لِيَجِدُوا رِيحَهَا فَهِيَ كَذَا وَكَذَا، قَالَ قَوْلًا شَدِيدًا. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon ayol kishi atir sepib, uning hidini bildirish uchun bir qavmning oldidan o‘tsa, u bundoq-bundoqdir», deb qattiq gap aytdilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilgan.
Sharh: Boshqa bir rivoyatda «o‘sha ayol zoniyadir», deyilgan. Chunki xushbo‘y narsa ila begona erkaklarning e’tiborini qasddan jalb qiladigan, ko‘ngillarining sust ketishiga sabab bo‘ladigan ayol yaxshi ayol bo‘lmaydi. Bu narsaga ayol-qizlarimiz alohida e’tibor bermoqlari lozim.
Islomda ayol kishining o‘tkir hidli xushbo‘y narsalarni o‘ziga surtib olib, begona erkaklarning shahvatini qo‘zitishlari o‘ta madaniyatsizlik hisoblanadi. Madaniyatli muslima bunday vaziyatda hidi kuchsiz xushbo‘ylarini ishlatadi. Bu haqda ham yuqorida bahs yuritganmiz. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

2 May 2022, 22:42 | Savol-javoblar | 180 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar