Sabiqun kimlar?

Alhamdulillahi Robbil ’alamiyn, vassolatu vassalamu ’ala xoyri xolqihi Muhammad va ’ala alihi va ashabihi ajma’iyn.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, aziz ustoz.Ustoz, Alloh :jj o‘z kitobida sabiqun, peshqadamlarni zikr qiladi va ular ichida oxirgilardan oz ekanligini aytadi. Siz o‘z tafsiringizda peshqadamlarning payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar va ular bilan birga bo‘lganlar ekanligini yozgansiz. Meni o‘ylantirgan narsa shuki, men peshqadamlardan bo‘lishim uchun nima qilishim kerak? Peshqadamlar aynan nima amallari bilan o‘ng taraf egalaridan alohida ajrab chiqadilar?Allohdan :jj sizga ikki dunyo saodatini so‘rab Moskvadan g‘oyibona shogirdingiz Dilshod.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Peshqadamlardan bo‘lish uchun Islom ta’limotlarining barchasiga o‘ta ixlos bilan amal qilish kerak bo‘ladi. Peshqadamlarning o‘ng taraf egalaridan ajratib turgan narsalardan biri ham ixlosning yuqori darajada bo‘lishidir.

2 May 2022, 07:23 | Savol-javoblar | 173 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar