O‘rtada turib pul olganman
Assalomu alaykum! Men talabalik davrimda bundan 18 yil oldin bir tanishimini ishini bitkazib bergani uchun ikkinchi kishiga 300$ olib berganman. Shundan pul olgan ikkinchi kishi100$ ni menga xizmatim uchun berib 200$ ni o‘zi olgandi. Tanishim sen xam oldingmi ulush deb qasam ich degandi. Men oqibatini bilmasdan “olmadim” deb Allohga qasam ichib qo‘yganman. Aslida 100$ olganman. Vijdon azobidan qutilish uchun nima qerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz yolg‘ondan qasam ichgansiz. Uni alyamiinul g‘omus deyiladi, ya’ni egasini gunohlar botqog‘iga botiruvchi degani. U qasamga kafforat vojib bo‘lmaydi, o‘sha 100ni asl egasiga qaytarib bering. Va tavba istig‘forda bo‘ling.
Qasam uch turlidir:
Kishining o‘tgan narsani qilgani yoki tark etganiga qasddan yolg‘on qasam ichishi g‘amusdir. U ila gunohkor bo‘ladi.
«Famus» so‘zi lug‘atda «cho‘milish», «ko‘milish» degan ma’nolarni anglatadi. Chunki unday botil qasam o‘z egasining jahannam oloviga cho‘milishiga, ko‘milishiga sabab bo‘ladi. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْكَبَائِرُ الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَالْيَمِينُ الْغَمُوسُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Gunohi kabiralar: Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va g‘amus qasamdir», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar