Qur’onni oxang bilan o‘qish va xabata amallar
Assalomu alaykum! Kim Qur’onni oxang bilan o‘qimasa bizdan emas. Ushbu xadisni qanday tushunamiz? Qanday xollarda ushbu xadisga tushib qolishi mumkin? 2. Qanday amallar insonni amalini xabata qilishi mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Hadisda quyidagicha keladi. وَلِأَبِي دَاوُدَ وَالْبُخَارِيِّ تَعْلِيقاً: زَيِّنُوا الْقُرْآنَ بِأَصْوَاتِكُمْ، لَيْسَ مِنَّا مَنْ لَمْ يَتَغَنَّ بِالْقُرْآنِ Abu Dovud va Buxoriyning rivoyatida:
«Qur’onni ovozlaringiz ila ziynatlanglar. Kim Qur’onni ohang bilan o‘qimasa, bizdan emas», deyilgan.
Sharh: Ovozni chiroyli qilib qiroat qilish Qur’onni ovoz ila ziynatlash bo‘ladi.
Mo‘min-musulmon odam Qur’oni Karimni qoidaga muvofiq qilib, ohang bilan o‘qimog‘i darkor. Kim tajvid qoidalariga va ohang bilan qiroat qilishga amal qilmasa, makruh ishni qilgan bo‘ladi. Ba’zi ulamolar bu ishni harom, o‘shani qilgan odamni gunohkor, deganlar.
Qur’oni Karimni qoidaga rioya qilmay o‘qiyotganlarni ko‘rgan kishilar ularga bu ish noto‘g‘ri ekanini yaxshilab tushuntirishlari lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan).
2). Eng birinchi amalni xabata qiluvchi amal bu shirk va kufrdir. Keyingi o‘rinda minnat, amali bilan faxr qilish. Riyo yoki xo‘jako‘rsinlarga esa xabata bo‘lish u yoqda tursin savob ham berilmagan bo‘ladi. hadisda “Kim asrni qazo qilsa amali xabata bo‘ladi” degan lafzlarni ulamolar “O‘sha kungi asrgacha qilgan savobli amallarini” deganlar. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 09:23 | Savol-javoblar | 161 | Hadislar