Zakot berishda tilloning probasi

Assalomu alaykum! Men Toshkent Kimyo Texnologiyalari institutini bitirganman. Menda zakot masalasida savol bor edi. 2020-yilda zakot nisobi 20 misqol ya’ni 85g tillo hisobiga 21mln 250ming deb belgilandi. Bu degani 85g×250ming (583 yoki 585 probali tilloning o‘rtacha bozor narxi deb olindi) =21mln 250ming so‘m. Shu va shundan ortiq puli (tillo, kumush, ishlatilmaydigan buyum, sotiladigan narsa va hk.) bor odam 40/1 ni zakotga beradi, bu menga tushunarli. Lekin, 20 misqol ya’ni 85g degan so‘zni tushunmadim. 85g bu qanday tillo? 9999 probalik tillo taqinchoqda 99,99%, 750 probalikda 75%, 585 probalikda 58,5%, 375 probalikda 37,5% sof tillo bo‘ladi, qolgan metali kumush, mis va hk. bo‘ladi va shunga mos ravishda taqinchoq yoki buyumning grammlardagi narxi qimmat bo‘ladi. 1) Qadimda Payg‘ambarimiz alayhissalom davrlarida zakot farz qilinganidagi 20 misqol ya’ni 85g tillo deyilganda qaysinisi tushunilgan? 2) Agar o‘sha davrdagi tillo sof tillo bo‘lsa, nega biz aralashmadan zakot chiqaryapmiz? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kimni qo‘lida qanaqa tillosi bo‘lsa o‘shaning grammi hisobga olinadi. Probsi u bo‘lsa yoki bu bo‘lsa degan gap shariatimizda aytilmagan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 202 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar