Namozni yolg‘iz o‘qisam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Bizning uyda dadam, akam va men namoz o‘qimiz. Men qiz farzandman. Bomdod namozini 4rakat qisqa bo‘lganligi uchun akam va dadam bilan jamoat bo‘lib o‘qiymiz. Xufton namozini esa uzunroq bo‘lganligi va birga o‘qiganimizda akam va dadam mendan tez o‘qiganligi uchun men ulardan orqada qolib ketaman. Agar men ham tezroq o‘qisam hayolimni bir joyga jamlay olmay qolaman. Ular mendan oldinlashib ketgach mening hayolim "tezroq ularga etib olay" bo‘lib qoladi. Umuman xushuni his qilmayman. Shuning uchun o‘zim alohida xonada ular alohida xonada namoz o‘qishyapti. Shunday qilganim to‘g‘rimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzlarni iqtido qilib o‘qib, qolganini o‘zingiz boshqa xonada o‘qiyvering. Jamoatning savobi ulkan bo‘ladi. Bundan mahrum bo‘lmang. Bamdodgacha xuftonni o‘qisa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar