Maxallada karta va nard uyini
Assalomu alaykum! Bir maxallada yoshi kattalar tomonidan karta, nard uyini uynash avjiga chiqqan. Shomga yaqin maxallaning aksar ishlamay yurganlari shu erda to‘planishadi. Bu ish bo‘yicha shariat xukmi qanday? Shu ish bo‘yicha yoshi ulug‘larimizning va maxalla raislarini mas’uliyati qanday bo‘lishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaytarishga qo‘lidan keladigan har bir inson qaytarmagani uchun gunohkor bo‘ladi. عَنْ بُرَيْدَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ لَعِبَ بِالنَّرْدَشِيرِ فَكَأَنَّمَا صَبَغَ يَدَهُ فِي لَحْمِ خِنْزِيرٍ وَدَمِهِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَBurayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kim nardashir o‘ynasa, xuddi qo‘lini cho‘chqaning go‘shti va qoniga botirgandek bo‘ladi», dedilar».
Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Bundan cho‘chqaning go‘shti va qoni qanchalik harom bo‘lsa, nard o‘ynash ham shunchalik harom ekani kelib chiqadi. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ لَعِبَ بِالنَّرْدِ فَقَدْ عَصَى اللهَ وَرَسُولَهُAbu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Kim nard o‘ynasa, batahqiq, Allohga va Uning Rasuliga osiy bo‘libdi», dedilar».
Sharh: Shaxmat, karta, oshiq va shunga o‘xshash o‘yinlar ham nard kabi, harom bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 215 | Oila va turmush